2009-yilgi Nazran terakti

Nazrandagi terakt 2009 yil 17-avgust kuni ertalab soat 9 larda shahar Ichki ishlar boshqarmasi hovlisida sodir boʻlgan. „Gazel“ rusumli avtomashinada xudkush-terrochilar darvozadan respublika ichki ishlar boshqarmasi hovlisiga bostirib kirib, portlovchi qurilmani ishga tushirgan (200 kg boshqa maʼlumotlarga koʻra, trotil ekvivalentida 400 kg[1])[2]. Bu vaqtda tuman IIB hududida militsiya xodimlari saflanayotgan edi.

Portlash oqibatida ichki ishlar boʻlimi binosi va yaqin atrofdagi koʻp qavatli turar-joy binosiga zarar yetgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 25 kishi[3] halok boʻlgan, 136 kishi turli ogʻirlik darajasidagi tan jarohatlar olgan[1].

Teraktdan soʻng Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev Ingushetiya ichki ishlar vaziri Ruslan Meyriyevni lavozimidan chetlatib, uning oʻrniga respublikadagi huquqni muhofaza qilish organlarining barcha xizmatlari va boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-polkovnik Arkadiy Yedelevni tayinladi[4].

  1. 1,0 1,1 „«Придется людей менять».“ (deadlink). 2009-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 31-avgust.
  2. Мощность взорванной в Назрани бомбы составляла 200 кг тротила — СКП
  3. Число жертв теракта в Назрани возросло до 25 человек
  4. Ингушскую милицию усилят варягами.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search